Xizmatlar

«Xitoy Savdo» savdo uyi – Xitoyda joylashgan bo’lib, O’zbekiston, Qozoqiston, Rossiya, Qirg’izston va boshqa MDH davlatlar ishbilarmon, tadbirkor vakillariga Xitoydan kerakli maxsulotlar, asbob-uskunalar, homashyolarni topishga, sotib olish muzokaralarini o’zkazishga va sotib olingan barcha maxsulotlarni va yuklarni kerakli manzilga yetkazishga 2009 yildan beri yordam berib kelmoqda. Barcha sotib olingan, yetkazilgan maxsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlar 100% sir saqlanadi. «Xitoy Savdo» hech qanday moliyaviy ishlarda qatnashmaydi va savdo sotiq ishlarini to’g’ridan to’g’ri ishlab chiqaruvchi bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Bizning xizmatlarimiz:

  • Xitoy Xalq Respublikasida mehmonlarni kutib olish, mehmonxonaga joylashtirish 
  • Xitoy Xalq Respublikasida biznes agentlik xizmatlari
  • Xitoy va O’zbek tili tarjimonlik xizmatlari
  • Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy markazlari bo’ylab biznes turlar tashkil qilish
  • Xitoy Xalq Respublikasida homashyo, asbob va uskunalar sifatini tekshirish va baholash
  • Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy markazlari, zavod va fabrikalari, va ularda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar haqida ma’lumot izlash va yetkazish
  • O’zbekiston, Qozoqiston, Tojikiston, Qirg’iziston ishblarmonlari va tadbirkorlariga Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy markazlaridan, sifatli homashyo, asboblar, uskunalarni izlab topish va harid qilishga ko’maklashish.
  • Xitoy Xalq Respublikasidan O’zbekiston, Qozoqiston, Qirg’iziston davlatlariga yuklarni temir yo’l orqali yetkazib berish 
  • Xitoy Xalq Respublikasidan O’zbekiston, Qozoqiston, Qirg’iziston davlatlariga yuklarni havo yo’llari orqali yetkazib berish 
  • Xitoy Xalq Respublikasidan O’zbekiston, Qozoqiston, Qirg’iziston davlatlariga yuklarni avtomobil yo’llari orqali yetkazib berish
  • Xitoy Xalq Respublikasi va O’zbekistondada bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish.