Maxsulotlar

Xitoy maxsulotlarini ko’p vaqtdan beri nafaqat O’zbekistondan, balki butun dunyodan xarid qilishadi. Xitoyda ishlab chiqarish bugungi kunda o’zining yuqori sifati va arzon narxlari bilan ajralib turadi. Biznesmen, tadbirkor yoki savdogarlarga har doim ham Xitoy zavod, fabrikalari va savdo markazlari bilan to’g’ridan to’g’ri aloqaga chiqish imkoniyati bo’lmaydi. «Xitoy Savdo» Xitoy savdo uyi orqali siz o’zingizga kerak bo’lgan maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi zavod, fabrikalar bilan aloqaga chiqishingiz mumkin. «Xitoy Savdo» savdo uyi sizga kerakli maxsulotlarni ishlab chiqaruvchilarni Xitoydan topishga, harid qilishga va kerakli manzilga yetkazishga yordam beradi. «Xitoy Savdo» savdo uyi 2009 yildan beri O’zbekiston, Qozoqiston, Qirg’iziston va boshqa MDH davlatlari bilan savdo sotiq ishlarini olib boradi.

Bizning xizmatlar:

  • Sizga kerakli va sizni qiziqtirgan maxsulotlarni o’rganish va Xitoy shaharlaridan topish
  • Maxsulotlarni ko’p pog’onali sifat ko’rsatkichlarini orqali kuzatish va tekshirish
  • Maxsulotlarni oborxonalarda manzilga yetkazilishiga qadar sifatli saqlash
  • Bojxona hujjatlarini Xitoy va O’zbekiston uchun rasmiylashtirish
  • Maxsulot va boshqa yuklarni Xitoydan O’zbekistonga qisqa vaqt va arzon narxlarda yetkazish

«Xitoy Savdo» savdo uyi Xitoydan o’z mijozlariga maxsulotlarni topish, sotib olish va yetkazishda barcha hamkorlik, savdo ishlari sifati va ishonchliligiga kafolat beradi.